Главная » 2018 » Июнь » 17 » VIDEO: TOShKENTDAGI “EZIDYoR” RESTORANINI BUZISh BOShLANDI
21:00

VIDEO: TOShKENTDAGI “EZIDYoR” RESTORANINI BUZISh BOShLANDI


Avvalroq, Toshkentning eng qimmatbaho va nufuzli restoranlaridan biri bo‘lgan “Ezidyor” tantanalar zali “Tashkent city” markazi qurilishi munosabati bilan ko‘plab binolar qatorida "qirg‘in"ga yo‘lliqqani haqida xabar bergan edik. Biroq, ushbu restoranni buzish bu qadar tez suratlarda ro‘y berishi kutilmagan edi.

Bugun, 17 iyun kuni “Ezidyor”ni buzishga start berildi. O‘tgan yili ta’mirdan chiqib, Toshkentdagi eng qimmatbaho va dizayni jihatidan takrorlanmas, deya nom qozongan restoranni yer bilan yakson qilish ishlari uning fasad qismidan boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ushbu jarayon tasvirlangan video tarqaldi.

Bundan bir necha kun avval, “Ezidyor” restorani buzilishi bilan bog‘liq qaror bekor qilingani, restoran ortidan unga yondosh bino - mehmonxona qurilishi va restoran saqlab qolinishi haqida xabarlar va uning kelajakdagi ko‘rinishi tasvirlangan surat tarqalgan edi. Biroq, gap-so‘zlar tasdig‘ini topmadi.

Toshkent shahar hokimligidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Ezidyor” rahbariyati rozi qilingan. Ularga hokimlik balansidagi "Versal" restorani berilgan.

Tez orada "qirg‘in" navbati "Mumtoz" restoraniga ham yetishi mumkin.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ezidyor, buzish, buzilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя