Главная » 2020 » Март » 27 » Virusolog koronavirus epidemiyasi qancha vaqt davom etishi mumkinligi haqida gapirdi
20:52

Virusolog koronavirus epidemiyasi qancha vaqt davom etishi mumkinligi haqida gapirdi


Professorning fikricha, koronavirus pandemiyasi 60 millionga yaqin kishini hayotdan olib ketgan 1918 yilgi gripp pandemiyasiga yaqinlashishi ehtimoli juda kam.

 Kolorado universitetining faxriy professori, ushbu universitet qoshidagi veterinar va biotibbiyot kolleji mutaxassisi Charlz Kelisher RBKga bergan intervyusida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat qanday rivojlanishi to‘g‘risida so'z yuritdi.

 - Koronavirus epidemiyasi qancha vaqt davom etishi mumkin va yana qancha qurbonlar bo‘ladi?

 - Epidemiya yillab davom etishi mumkin. Virusning butun dunyo bo‘ylab tarqalishiga ko‘ra millionlab odamlar hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Kasallikka chalinmaganlar epidemiyaning ikkinchi to‘lqini vaqtida virus tashuvchi bo‘lishlari mumkin. Bunday tarqalish samarali vaksina topilmaguniga qadar bir necha oylab davom etishi mumkin. Hatto o‘shanda ham virus yo‘qolmaydi, chunki emlanmagan odamlar bo‘ladi. Vaksinatsiya ham ancha vaqtni oladi.

 - Koronavirus epidemiyasi miqyosi jihatidan ispan grippiga tenglashishi ehtimoli bormi? Yoki o‘tgan 100 yil davomida tibbiyot va sog‘liqni saqlash darajasining o‘sishi tufayli bunday bo‘lmaydimi?

 - Bu pandemiya har uchinchi kishi kasallangan, 60 millionga yaqin kishini hayotdan olib ketgan 1918 yilgi gripp pandemiyasiga yaqinlashishi ehtimoli juda kam. O‘sha davrdan beri biz ancha oldinga ilgarilab ketdik. Ammo menga millionlab insonlar kasallik yuqtirishi mumkinday tuyulmoqda.

 - Nima uchun sog‘liqni saqlash tizimi ancha yaxshi bo‘lgan Italiyada o‘limlar ko‘p yuz berdi? Bu mamlakatda boshqa davlatlardagiga nisbatan keksalar ko‘pligiga bog‘liqmi?

 - Italiya buni jiddiy qabul qilmaganidan bo‘lsa kerak. Ehtimol, hukumat xavfni tushungan, ammo aksariyat italiyaliklar bunga yetarlicha baho bermagandir. Qurbonlarning ko‘p bo‘lishi nafaqat keksalarning ko‘pligi, balki dastlabki kasallik yuqtirish holatlariga jiddiy qaramaslik va aholining umumiy tayyorgarligi bo‘lmaganligi oqibati hamdir.

 - Qaysi mamlakatlar bunday epidemiyalarga dosh berolmaydi? 

 - Barcha mamlakatlar. Biz hozircha Janubiy yarimsharda kasallik yuqtirish holatlari ko‘payganini ko‘rmadik – bu yoki virusning ayrim hayotiy xususiyatlari yoki u yerda yetarlicha tarqalish darajasiga yetmaganligi bilan bog‘liq. Ammo vaziyat istalgan paytda o‘zgarib ketishi mumkin. Epidemiyaga mutlaqo tayyorgarlik ko‘rmagan hududlarda u qay miqyosga yetishini tasavvur qiling.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя