Главная » 2020 » Апрель » 1 » Virusolog qanday ob-havoda koronavirus tarqalishi sekinlashini aytdi
18:49

Virusolog qanday ob-havoda koronavirus tarqalishi sekinlashini aytdi


Quyoshli ob-havoning boshlanishi bilan, COVID-19 ning tarqalishi sekinlashadi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash bo‘yicha direktor Georgiy Vikulov ma’lum qildi.

Virusologning aytishicha, yuqori harorat infeksiyaning tarqalishini kamaytirishi mumkin. Ammo buning uchun harorat 50 va undan yuqori darajada bo‘lishi kerak. Uning ta’kidlashicha, tashqi muhitda ushbu harorat ostida qolgan virus ancha kuchsizlanadi.

"Quyoshning qizdirishi kuchayganda, virus tarqalishi sekinlashadi. Shuning uchun yozga kelib biz kasallik tarqalishini va virus faolligining pasayishini kutamiz", deydi Vikulov.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 178 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 882 191 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 44 136 nafari vafot etgan, 185 094 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя