Главная » 2021 » Апрель » 16 » Vladimir Putinning maoshi ma’lum bo‘ldi
21:20

Vladimir Putinning maoshi ma’lum bo‘ldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yili qariyb 10 million rubl ishlab topdi. Uning daromadi Kreml saytida e’lon qilingan deklaratsiyasida qayd etilgan.

2019-yilda Putin 9,726 million rubl ishlab topdi. Prezident maydoni 77 kvadrat metrdan iborat kvartira va garajga (18 kvadrat metr) egalik qiladi. Shuningdek, davlat rahbarining 153,7 kvadrat metrlik kvartirasi va 18 kvadrat metrlik garaji mavjud bo‘lib, ushbu mulk prezident tomonidan foydalanilmoqda.

Putinga tegishli avtoulovlar: ikkita GAZ 21M («Volga»), «Niva» va «Skif».

2018-yilda Putinning daromadi qariyb 8,65 million rublni tashkil etgan. Prezidentning 2017 yildagi daromadi rekordligicha qolmoqda — 18,7 million rubldan ziyod.

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin 2020-yilda 19,8 million rubl ishlab topdi. Hukumatdagi eng boy amaldor — Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov. Uning daromadi 2020-yil yakunlariga ko‘ra 740,4 million rublni tashkil etgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: maoshi, Vladimir Putinning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя