Главная » 2021 » Май » 30 » «Vodiylik bo‘lganimiz aybimizmi?» — Rasmiy munosabat
11:28

«Vodiylik bo‘lganimiz aybimizmi?» — Rasmiy munosabat


2021-yil 28-may kuni internet tarmog‘ida «Vodiylik bo‘lganimiz aybimizmi?» sarlavhali video tarqalib, unda yo‘l harakati qatnashchilari va Toshkent shahar IIBB xodimlarining kelishmovchiliklari aks etgan. Toshkent shahar IIBB mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Videoga tushirilgan holat 25-may kuni taxminan soat 3:00 da Toshkent shahar Chilonzor tumani «Erkin» YPX postida ro‘y bergan. Mazkur postda Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtga kirmoqchi bo‘lgan «Chevrolet Tracker» rusumli (davlat raqami 60 S 355 RA) avtomobilni to‘xtatishgan. Haydovchi va uch nafar yo‘lovchilar tekshirilib, avtomobil saloni xizmat iti yordamida tekshirilganiga fuqarolar norozilik bildirib, holatni videoga tushirishni boshlashgan. Videoga tushirish davomida ular odob doirasidan chiqib, masofa saqlamasdan va o‘zaro hurmat bilan muloqot qilishdan bosh tortishgan.

Toshkentga kirishdagi postlar va blok-postlardagi tekshiruvlar «Qoradori» va «Tig‘» maxsus tadbirlar doirasida o‘tkazilib, ular davomida giyohvandlik moddalar va sovuq hamda jangovar qurollarni aniqlashga qaratilgan. Tekshiruvlar mintaqaviy mansublik sababli o‘tkazilishi bilan bog‘liq ayblovlar asossiz bo‘lib, rasmiy resurslarimizda poytaxt avtomobillari ham tekshirilishi haqida ma’lumotlar yetarlidir. Mazkur tadbirlarning boshidan buyon poytaxtda taqiqlangan moddalar tarqalishining oldi olinib, sovuq qurollar musodara qilinmoqda. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishning muhimligida shubha yo‘q va biz ularning fuqarolardan buni tushunishlarini iltimos qilamiz.

Tekshiruv davomida Toshkent shahar IIBB Kinologiya xizmati itining qo‘llanilishi to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, xolislar ishtiroki ham ta’minlangan. Tekshiruv haydovchi yoki yo‘lovchilar tomonidan qoidabuzarlikni aniqlamaganligi sababli, ularning hujjatlari qaytarib berilgan.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan yuqoridagi holat bo‘yicha xizmat davomida bodikameraning yoqilgani hamda inspektorlar tomonidan muloqot davomida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilganini tekshirish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazish topshirig‘i berildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aybimizmi, Vodiylik, munosabat, rasmiy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя