Главная » 2015 » Июль » 28 » Vorislar kareya seriali haqida batafsil (Yakuni qanday bo'ladi voqealar rivoji)
17:53

Vorislar kareya seriali haqida batafsil (Yakuni qanday bo'ladi voqealar rivoji)


Ko'plab muxlislarimiz Hozirda Yoshlar teleradiokanalida namoyish etilayotgan VORISLAR seriali haqida ma'lumotlar berishimizni so'rashdi. Hattoki ko'pchilik serialning voqealar rivojini yoritib borishimizni iltimos qilishdi...
Shularni hisobga olib, serial haqidagi ma'lumotlarni izladik. Bugun ularni sizlar bilan bo'lishamiz...

SERIAL HAQIDA QISQACHA:
Bu dramma bir guruh imtiyizli o'quvchilar, yani dunyo elatlari farzandlari haqida. Ular kelajakda o'z ota-onalarini yaratishayotgan bizneslariga egalik qilishlarini bilib o'sishmoqda.
Va hayot o'z oqimida bir maromda o'tyapti. Faqatgina bir narsa bo'lajak biznesmenlar va hattoki ularning amaldor ota onalari boshqarish qo'llarida emas-bu Sevgi.
Kim Tan ( Li Min Ho)- ulkan imperiyaning vorisi, AQSh da o'qiydi. Bu uning fikricha qaysidur ma'noda haydalish. Yigit uydan uzoqda bo'lgan bir paytta, uning o'gay akasi, Kim Von (Chve Chjin Hyok )vaqtini bekor o'tkazmayapti, u otasi biznesini o'zlashtirish taraddudida.
Bu vaqtda Kim Tan o'zini mashinasida opasini izlab AQSH ga kelgan Cha Yun Sanni ( Pak Shin He )urib yuboradi.
Keyinchalik u bu oddiy qizni sevib qolganini angalb yetadi, lekin u qizning onasi ularning oilasi hizmatchisi ekanligini bilmaydi
Qallig'i Reychel Yu (Kim Chji Von )Qo'hma Shtatlarga uni olib ketishi uchun kelganida Kim Tan Sevgi va Burch orasida qolib ketadi. Bir vaqtni o'zida Reychelni o'gay akasi Chhve Yon Do (Kim U Bin)ham Yun Sanga befarq emasligi ko'rinadi va u ham qizdan javob olishga intiladi.

Serialda Bosh Ro'llarni quydagilar ijro etishgan:

Li Min Xo — Kim Tan
Chon Chan U — molodoy Kim Tan
Pak Shin Xe — Chxa In San 
Kim U Bin - Chxve Yon Do
Yan Xyon Mo — molodoy Chxve Yon Do
Kristal Yung — Li Bo Na
Kim Chji Von — Reychel Yu
Kan Min Xyok — Yun Chan Yon
Chxve Chjin Xyok — Kim Von
Kan Xa Nil — Li Xyo Sin
Kim Son Ryon — Xan Gi E
Im Chju In — Chon Xyon Chju
Chon Su Djin — Kan I Sol
Chxve Chji Xo — Chxve Don Uk
Yun Son Xa — Ester Li
Kim Min Kyung - Pak Xi Nam
Pak Xen Sik — Cho Myon Su
Chxve Von Yen — Yun Chje Xo
Pak Chjun Gim — Chji Sok



Serial aslida har bir qismi 60 daqiqalik 20 qismdan iborat.
Ammo bizda Uzbek tilida, Yoshlar teleradiokanali har bir qismini 40 daqiqalik shaklda taxminan 30 qismlik holatda namoyish etishmoqda!
Ha, siz to'g'ri chundingiz, Sevimli serial tez kunda yakunlanadi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra serail shu xaftada yakunlanadi.
Shu sababdan sizlarga yakuniy voqealar qanday bo'lishi haqida so'zlab bersam...


Film yakunida:
Kim Tan ( Li Min Ho) nihoyat film yakunida o'z sevgisiga erishadi, u nihoyat o'zi sevgan qiz bilan birga bo'ladi. Bunga erishish uchun u barchasidan voz kechishga hattoki otasiga qarshi chiqishga ham o'zida kuch topadi. Bunga menimcha asosiy sabab Otasi Kim Tan ning onasini uydan haydab yuborgani bo'lsa kerak. Onasini haydaganini bilgandan so'ng, Kim Tan juda qutirib ketadi. Shundan so'ng u o'z sevgisiga erishish uchun o'zida katta kuch topadi va bu uchun kurashdi.
Otasi esa buni ko'tarolmaydi, Yurak hurijiga uchraydi. Bundan o'z maqsadi yo'lida g'arazli kishilar foydalanmoqchi bo'lishadi. Ayniqsa Kim Von ning onasi butun mol davlat hamda kampaniyaga egalik qilishga, hamda ikki aka ukani ishdan chetlatib, o'zi rais bo'lishga urinadi. Kim Tan hamda Kim Von aka ukalar birkalikda otasining davlatini saqlab qolish uchun harakat qilishadi.
Yana aksiyanerlar yeg'ilishi bo'ladi, MPR GPROUP Raisini lavozimidan ozod qilish masalasi qo'yilgan! Ovoz berish natijalariga ko'ra Ko'pchilik qarshilik bildiradi, Shundan so'ng Rais o'z lavozimida qoladi. Saldan so'ng Rais o'ziga kelganini habar qilishadi. Endi uni operatsiya qilish uchun olib kirishadi. Uzoq vaqtlik jaroyidan so'ng, operatsiya muaffaqqiyatli o'tadi.
Chxve Yon Do esa o'z onasini yoniga keladi. Onasi uni ko'rib yeg'lab yuboradi.
Rais o'ziga keladi va birinchi ishi birinchi xotinini qilgan ishi uchun haydash bo'ladi. Shundan so'ng u katta o'g'iga butun MPR GROUP ni topshiradi, Kichik o'g'lini esa Cha Yun Sann bilan birga bo'lishlariga rozilik bildiradi.
 
Shu bilan film tamom! Ajoyib Yakun! Ozginayu-Sozgina! Jaaaa Senga Oshiqman kabi cho'zilgan emas!

 

UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...

Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: VORISLAR | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя