Главная » 2017 » Май » 4 » Voyaga yetmaganlarni fohishalikka majbur qilgan shaxs qo‘lga olindi
19:03

Voyaga yetmaganlarni fohishalikka majbur qilgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkentlik Hamid Sultonov voyaga yetmagan ikki qizni fohishalik qilishga majburlab kelgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berildi.

2017 yil mart oyining boshlarida H.Sultonov g‘arazli va past niyatlarda, g‘ayriqonuniy ravishda boylik orttirish maqsadida, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan I va Z larga fohishalik bilan shug‘ullanish orqali ko‘p miqdorda pul topish mumkinligini aytgan. Ularni fohisha sifatida yollab, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratish maqsadida yalang‘och holatda tushgan fotosuratlarini olib, agar talabini bajarmasa, suratlarini ota-onalari hamda o‘quv muassasalariga jo‘natish bilan qo‘rqitgan va fuqarolar I va Z larni majburiy tarzda fohisha sifatida ishlatib kelgani aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Sultonov fuqaro Z dan fohisha sifatida foydalanib, undan 240 000 so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Behzod Ro‘ziev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shaxs, voyaga yetmagan, fohishalik, qo‘lga olindi, majbur qilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя