Главная » 2021 » Январь » 3 » WBA reytingida o‘zbek bokschilari qaysi o‘rinlarda?
17:11

WBA reytingida o‘zbek bokschilari qaysi o‘rinlarda?


Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bokschilarning 2020 yil dekabr oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Ma’lum qilinishicha, reytingdan olti nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan. Jumladan:

•  Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan;

•  birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kg) ikki nafar o‘zbekistonlik o‘rin olgan: Shahram G‘iyosov oltinchi pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, Shohjahon Ergashev sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi;

•  birinchi o‘rta vazn (-69,85 kg) toifasidagi bokschi Isroil Madrimov eng yuqori o‘rinda qayd etilib, chempionlik kamari uchun asosiy da’vogarga aylangan;

•  ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (-76,2 kg) esa noyabr oyida ajoyib g‘alabaga erishgan bo‘lsada, hamon 14-o‘rinda bormoqda;

•  yarim og‘ir vazn toifasida (-79,3 kg) ringga ko‘tarilayotgan Rustam To‘laganov ham avvalgi oydagi o‘rnini saqlab qolgan – 14-o‘rin.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: WBA, O‘zbek, reytingida, bokschilar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя