Главная » 2017 » Август » 27 » Xabib Nurmagomedov MakGregorni jangga chorladi
14:12

Xabib Nurmagomedov MakGregorni jangga chorladi


Rossiyalik aralash kurashlar jangchisi Xabib Nurmagomedov UFC chempioni Konor MakGregorni jangga chaqirdi.

«30 dekabr. UFC 219. Las-Vegas. Kel buni amalga oshiramiz. Nega endi bunday bo‘lmasligi kerak.

Menimcha, dekabr – bu jangni o‘tkazish uchun eng yaxshi vaqt, uning o‘zi Meyvezerga qarshi jangdan keyin shunday bo‘lishini istagandi», – deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi akkaunti orqali.

Bugun irlandiyalik sportchi boks qoidalariga asosan o‘tkazilgan jangda Floyd Meyvezerga o‘ninchi raundda texnik nokaut bilan yutqazdi.

U o‘tgan oyda shu yilning dekabrida Rossiyaga borib, Xabib bilan jang qilish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: chorladi, jangga, Nurmagomedov, Xabib, MakGregorni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя