Главная » 2021 » Август » 27 » «Xalqlar do‘stligi» oldida aktyorlar janjallashdi
16:43

«Xalqlar do‘stligi» oldida aktyorlar janjallashdi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi» deb nomlangan videotasvir tarqaldi. 

Joriy yilning 26-avgust kuni taxminan soat 16.00 larda Chilonzor tumani «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi oldida xususiy kinokompaniya tomonidan teleserialni tasvirga olish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Suratga olish jarayonida aktyorlar o‘zaro gap talashib tortishib qolishgan va janjallashib ketishgan.

Og‘zaki janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi IIBB xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aktyorlar, Xalqlar do‘stligi, janjallashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя