Главная » 2020 » Ноябрь » 22 » Xalqning dardi bitilgan she’r: Xalqqa svet-gaz bering!
16:49

Xalqning dardi bitilgan she’r: Xalqqa svet-gaz bering!


Mana, bir necha kundirki, noyabr oyida yog‘gan qor sabab ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasining tinimsiz o‘chishi, aniqrog‘i, umuman yo‘q bo‘lib qolgani keng muhokama qilinmoqda. Hamma muhokamalar zaharxanda postlarga, haqli talablarga, joylardan xabarlar va qiziqarli izohlarga to‘lib-toshdi. Quyidagi she’r esa... holatni juda mohirona ochib bergani bilan e’tiborimizni tortdi. Siz ham o‘qib, baho bering:

Narxlar oshsa ko‘z yumdik
To‘g‘on toshsa ko‘z yumdik
Qovun tushsa ko‘z yumdik
Xalqqa svet-gaz bering.

Tappi so‘radik moldan
O‘tin tiladik toldan
Juda toydikku holdan
Xalqqa svet-gaz bering.

Hokim so‘ksa mayliga
Mirshab ursa mayliga
Boylar sursa mayliga
Xalqqa svet-gaz bering.

Avtomotorsdan kechdik
Qumli-sho‘rxok suv ichdik
Ayozga deb to‘n bichdik
Xalqqa svet-gaz bering.

Mayli qisqarsin to‘ylar
Qo‘zilamasin qo‘ylar
Bitmay qolsin zo‘r uylar
Xalqqa svet-gaz bering.

Etsin axir nolamiz
Sovqotmasin bolamiz
Pulimizga olamiz
Xalqqa svet-gaz bering.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: dardi, she’r, Xalqning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя