Главная » 2021 » Сентябрь » 21 » Xames Qatar klubi bilan kelishuvga erishdi
18:33

Xames Qatar klubi bilan kelishuvga erishdi


Angliyaning “Everton” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Qatarda davom ettiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Uning yozishicha, Qatarning “Ar-Rayyan” klubi Angliya klubi bilan Xames transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kolumbiyalik 30 yoshli futbolchi yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘lgan. Tomonlar tez orada kelishuv haqida rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Xames Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” klubiga transferi amalga oshmagach, 11 sentyabr kuni Liverpulga qaytgandi. Ammo futbolchi “Everton” bosh murabbiyi rejalaridan o‘rin olmagani sababli joriy mavsumda birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.

Ma’lumot uchun, kolumbiyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsum APLda 23 o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xames bungacha “Real”, “Bavariya”, “Monako” va “Portu” kabi top klublar sharafini himoya qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Qatar, kelishuvga, Xames, klubi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя