Главная » 2020 » Апрель » 17 » Xavflilik darajasi noma’lum bo‘lgan koronavirus aniqlandi
20:20

Xavflilik darajasi noma’lum bo‘lgan koronavirus aniqlandi


Bugun dunyo SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi bilan ovora bo‘lib qolgan bir vaqtda Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi (ICMR) olimlari Kerali, Ximachal-Pradesh, Puducherri va Tamilnadda mavjud ikki tur ko‘rshapalakda BtCoV koronavirusini aniqlandi.

Ammo tadqiqot mualliflaridan biri, Puna Milliy virusologiya instituti ilmiy, xodimi doktor Pragya Yadav ko‘rshapalaklardagi koronavirus insonlarda xavfli kasalliklar keltirib chiqarishi haqida hech qanday ilmiy asos va isbot yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Tadqiqot davomida Kerali, Ximachal-Pradesh, Puducherri va Tamilnadda yashovchi Rousettus va Pteropus turiga mansub 25 ta ko‘rshapalakda Bt-CoV aniqlangan.

“Bu ikki koronavirusning COVID-19 pandemiyasiga sabab bo‘lgan SARS-CoV-2 virusiga hech qanday aloqasi yo‘q. Pteropus ko‘rshapalaklarida virus mavjudligi avval ham aniqlangan”, deydi doktor Yadav.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, ko‘rshapalaklar ko‘plab viruslar uchun zahira hisoblanadi. Ularning ba’zilari inson uchun ham xavfli. Yaqinda tarqalib o‘tkir respirator kasallik keltirib chiqaruvchi Koronavirus snidromi 2 (SARS-CoV-2) ham ko‘rshapalaklar bilan bog‘liqligi taxmin qilinyapti.

“Coronavirinae oilasiga kiruvchi CoV tabiiy egalarida (ko‘rshapalak) klinik alomatlar keltirib chiqarmaydi. Bu viruslarning tasodifan insonlarga yoki boshqa jonivorlarga o‘tib qolsa, turli darajadagi respirator, oshqozon, nevrologik kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin”, deyiladi tadqiqotda.

Olimlar ko‘rshapalaklardagi hayvonlarga xos viruslarni faol kuzatib borish muhimligini ta’kidlayapti.

Ko‘rshapalaklardagi bunday viruslarni aniqlash hamda virus aniqlangan joyda antitanachalarni qarshilashtirib (odam va uy hayvoni) tadqiqotlar o‘tkazish tavsiya qilingan.

Doktor Yadavning so‘zlariga ko‘ra, 10 ta shtatda Rousettus va Pteropus ko‘rshapalaklari tekshirilgan. Kerali, Ximachal-Pradesh, Puducherri Tamilnadda olingan namunalar virusga musbat natija bergan. Karnataki, Chandigarxa, Panjob, Telengan, Gujarot va Odishidagi namunalar manfiy natija ko‘rsatgan. Tadqiqotlar davom ettirilishi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoda COVID-19 koronavirusi yetib bormagon sanoqli davlat qoldi. Virus yuqtirganlar 2 190 010 nafarga yetdi. Ularning 147 010 nafari vafot etdi va 553 650 nafari sog‘ayib ketdi. Bugungi kunda kasallik faol bo‘lgan 1 489 350 nafar bemor mavjud.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlandi, Xavflilik darajasi, Koronavirus, noma’lum | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя