Главная » 2020 » Сентябрь » 5 » Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladigan planshetni taqdim etdi
17:25

Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladigan planshetni taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi va Mijia brendi qaydlar hamda surat chizishga mo‘ljallangan katta LCD Blackboard planshetini taqdim etdi. Planshetga diagonali 20 dyuymli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, uni stilus yordamida boshqarish mumkin, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, gadjet o‘z sinfiga kiruvchi qurilmalarga nisbatan og‘irligi va korpusining qalinligi borasida katta ko‘rsatkichga ega emas. Shuningdek, planshet bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladi.

LCD Blackboard displeyi suyuq kristallar asosida yaratilgan bo‘lib, undan uzoq foydalanish ham ko‘z uchun xavfsiz. Ekran teginish kuchini sezadi, yozuvlarni kiritish uchun stilusdan yoki boshqa qulay vositalardan foydalanish mumkin.

Xitoyda 20 dyuymli LCD Blackboard versiyasini 149 yuanga (22 dollar) xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Apple kompaniyasi LiDAR sensorli uchtalik kamera ega iPad Pro’ni taqdim etgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: quvvatlanish, orqali, ishlay oladigan, taqdim etdi, Xiaomi, bir yil, bir marta, planshetni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя