Главная » 2020 » Февраль » 21 » Xiaomi g‘aroyib gadjetga patent oldi: aqlli niqoblar hayotingizni saqlab qoladi
00:14

Xiaomi g‘aroyib gadjetga patent oldi: aqlli niqoblar hayotingizni saqlab qoladi


Xiaomi g‘aroyib niqob g‘oyasini o‘ylab topdi. Bu niqob sizni nafaqat xavfli, zaharlangan havodan himoya qiladi, balki filtr orqali organizmingizga o‘tishga intilayotgan  zararli moddalar haqida ham xabar beradi. Patent oddiyligi bilan ham ajoyib.
    
Koronavirus (2019-nCoV) Xitoy va Osiyo kompaniyalari uchun muhim muammoga aylanib qoldi. Bu kompaniyalar safida Xiaomi ham bor. Asosan smartfonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu brend koronavirus bilan kurashishda juda faol ishtirok etmoqda. Xitoy fuqarolariga niqoblar yetkazib berib, ularni ishlab chiqarishda davom etmoqda. Chunki, yetkazib berilayotgan niqoblar birpasda qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketayapti. Shundan keyin ishlab chiqaruvchilar qator qulayliklarga ega “aqlli niqob” yaratish haqida bosh qotira boshlashdi.
 
AQShning patent idorasiga (USPTO) Xiaomi’ning havoning ifloslanish darajasi, o‘pkaga o‘tishga intilayotgan zararli moddalar haqida xabar beruvchi, shuningdek, yana bir qator afzalliklarga ega “aqlli niqob”ni  ro‘yxatdan o‘tkazish borasida taklif kelib tushdi. 
Xiaomi niqobning tashqarisiga o‘rnatilgan sensorlarni yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qiluvchi protsessorga ulaydi. Tahlil niqobning ichki xotirasiga yoki ilovaga kelib tushadi. Chunki gadjet telefoningizga ulangan bo‘ladi.
 
Niqob qanday ma’lumotlarni to‘playdi? Albatta, u koronavirus mavjudligini aniqlamaydi va qizarib ketmaydi. Ammo, havodagi aralashmalar miqdori, nafas olish va uning chastotasini, bu niqobda qachondan beri yurilganini hisoblab boradi.
 
Niqobga, shuningdek, qayerda joylashganingizni yaxshiroq aniqlovchi akselerometr va giroskop, havo filtrini standart himoya qiluvchi akkumulyator bilan ta’minlangan bo'ladi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя