Главная » 2020 » Июнь » 27 » Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon
22:04

Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon


Smartfonsoz kompaniyalarning rahbarlari o‘zlari qaysi rusumlardagi telefonlarni ishlatishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Xiaomi korporatsiyasi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) ulardan o‘zi yaxshi ko‘rgan uchtasini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Terabayt».

Ley Szyunga eng ma’qul kelgan dastlabki smartfon Xiaomi Mi Mix 2 modeli ekan. Kompaniya rahbari uni keramikadan ishlangan, betakror orqa qopqog‘i uchun ham yoqtirishini ta’kidlab o‘tgan.

Mi Mix 2 flagmani 2017-yilning sentyabrida namoyish qilingan bo‘lib, foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida kuchli uchlikka kirgan.

Xiaomi rahbariga yoqqan ikkinchi smartfon – sanoqli miqdorda ishlab chiqarilgan, Xiaomi Mi 6 Bright Silver Discovery Edition nomli maxsus talqindagi qurilmadir.

Top-menejerning izoh berishicha, mazkur modelning korpusini ishlab chiqarishda o‘ta yuksak aniqlikdagi vakuumli shakl berish jarayoni qo‘llangan, shu sababli ham ko‘zgu effektini beradi.

Va nihoyat, Ley Szyun kompaniyaning bu yilgi flagmani – Xiaomi Mi 10 Pro modelini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Ushbu modelini ishlab chiqayotganida kompaniya o‘z an’anasiga ko‘ra smartfon tannarxini imkon qadar past qilishni emas, balki maksimal darajada samarador flagman yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan», deydi u.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uchta smartfon, Xiaomi, eng zo‘r, tarixidagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя