Главная » 2020 » Февраль » 26 » Xirosimadagi atom bombasi portlashi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi!
23:18

Xirosimadagi atom bombasi portlashi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi!


Amerikalik olimlar Xirosima shahrida yadro bombasi portlashidan qolgan yangi izlarni aniqlashdi. 2015-yilda sobiq geolog va ekolog Mario Vanye Yaponiyaning Motoudjin yarimorolidagi qumlarni o‘rganib chiqdi. Bu yarimorol Xirosimadagi portlash episentridan 6 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tadqiqotchi chig‘anoqsimon mikroorganizm foraminiferlarni qidira turib, g‘alati va dumaloq shisha bo‘lakchalarga duch keldi. Xirosimadagi qumliklarning 2,5 foizi ayni shu moddalardan tashkil topgan. Bu modda, odatda, atmosferaga meteorit tushganidan so‘ng paydo bo‘ladi.
 
Vanye turli shakl va kattalikdagi 10 mingdan ortiq shisha bo‘laklarini yig‘ib, Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlariga topshirdi. Mutaxassislar elektron mikroskopiya va rentgenografiya yordamida ularni tadqiq qilib bu moddalar shaharga yadro bombasi tushganda nimalar yuz berganini aniqlashga imkon beradigan material ekanligini aytib o‘tishdi. Ularni fojea guvohi deb ham atasak bo‘ladi. Bu moddalar ayni bomba tushgan, ko‘p qavatli bino va uylar kukunga aylanib, yer yuzidan yo‘qolib ketgan lahzani “tiriltirish”ga yordam beradi.

Bu moddalar uch xil sabab bilan paydo bo‘lgan – mushaklar, sanoat chiqindilari va yadro portlashi. Mushaklar festivali Xirosimada har yili iyul oyida, yarimoroldan bir kilometr narida o‘tkaziladi. Raketalar yoqilganda chiqadigan yuqori haroratdan shishali sharlar hosil bo‘lib, yerga yog‘ilgan bo‘lishi mumkin. Biroq olimlar plyajda topilgan shishalarning aksariyati feyerverklar tufayli paydo bo‘lmagan, deb hisoblashmoqda. Ularni sanoat chiqindilari emas, deb xulosa chiqarish ham to‘g‘ri bo‘ladi.
 
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, 1945-yil 6-avgust kuni “Fat Man” atom bombasi portlaganda bir qator temir va betonlar zarba kuchi bilan 15 kilometr yuqoriga ko‘tarilib, bomba markaziga qadar yetib borgan va deyarli 2 ming daraja issiqlik ostida mayda shisha sharchalar shaklida yerga yog‘ilgan. Ayni shu shisha sharlar xirosimitlar deb ataladi. Ularning trinititlar deb atalmish yana bir turi yadro sinovi chog‘ida Trinitida kuzatilgandi. Dastlab olimlar trinititlar yerda shakllangan, degan fikrda edi. Biroq keyingi tadqiqotlar uning yomg‘ir shaklida yog‘ganini tasdiqladi. 

Portlash natijasida 15 ming tonna chang-to‘zon 15 daqiqa ichida 675 kub kilometr masofaga tarqalgan. Shisha bo‘laklarining aksariyati beton, marmar, g‘isht va cherepitsadan tashkil topgan.

Eng qizig‘i, ularni avval hech kim payqamagan. Garchi, yaponiyalik olimlar atom bombasidan bir necha kun o‘tib qum tarkibi va radioaktiv ifloslanish darajasini o‘rgangan bo‘lishsa-da.

Tadqiqotchilar shunchaki bu moddalarga o‘sha vaqti e’tibor qaratishmagan. Barcha qutqaruvchi, shifokor hamda olimlar jarohatlanganlarga yordam berishga shoshayotgan bir vaqtda hech kimning radiatsiya oqibatlarini o‘rganishga vaqti bo‘lmagan. Bunday sharoitda odamlar o‘zlariga bu mayda bo‘laklar qanday paydo bo‘ldi, deb savol bera olisharmidi, axir?!


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя