Главная » 2020 » Февраль » 28 » Xitoy aprel oxiriga qadar koronavirusni nazoratga olishi kutilmoqda
08:01

Xitoy aprel oxiriga qadar koronavirusni nazoratga olishi kutilmoqda


Xitoy koronavirus epidemiyasini aprel oyi oxiriga qadar nazoratga olishi mumkin. Bu haqda Xitoyning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasining maxsus ekspert komissiyasi rahbari Chjun Nanshan payshanba kungi matbuot anjumanida ma’lum qildi deb xabar berdi RIA Novosti.

Chjun Nanshanning so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi avvalroq epidemiyaning rivojlanishini prognoz qilish modelini yaratgan.

“Biz hozirda boshqa davlatlardagi epidemiya tarqalishini hisobga olmayapmiz. Ammo Xitoy haqida ishonch bilan ayta olaman: aprel oyining oxiriga kelib biz epidemiyani nazorat qilayotgan bo‘lamiz”, — dedi Chjun Nanshan.

Koronavirus 2019 yilning dekabridan boshlab butun dunyo bo‘ylab tarqala boshladi. Ayni daqiqalarda 82 ming ortiq odam koronavirusni yuqtirib olgan (Xitoyning o‘zida 78.5 ming), 2804 kishi vafot etgan.

Koronavirus yuqtirib olgan 33 ming kishi butunlay sog‘ayib ketgan.

 


Manba: "sof.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя