Главная » 2021 » Май » 3 » Xitoy dahshatli qurolini AQShga ko‘rsatib qo‘ydi
19:08

Xitoy dahshatli qurolini AQShga ko‘rsatib qo‘ydi


Xitoyda 094A «Szin» loyihasining yangi strategik atom suvosti kemasi qit’alararo eng yangi yoqilg‘ili JL-3 raketalari bilan jihozlangan. Ularning parvoz masofasi 10 ming kilometrdan oshadi, ya’ni ular AQShning istalgan nuqtasini nishonga olishi mumkin, deya xabar bermoqda South China Morning Post o‘zining harbiy manbalariga tayanib.

Submarina 30-aprel kuni Xitoy Xalq ozodlik armiyasi harbiy dengiz kuchlari tashkil etilganligining 72 yilligini nishonlash paytida namoyish etildi.

Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, 094A suvosti kemasi — 094 kemasining yangilangan versiyasi bo‘lib, u gidrokinetik va turbulent tizimlarni takomillashtirish orqali asosiy nuqson — shovqin bartaraf etilgan.

Bu submarinada bir nechta yadro kallaklari bo‘lgan yanada kuchli JL-3 raketalarini olib yurish imkonini beradi. Oldingi versiya AQShning faqat shimoli-sharqiy hududlariga uchib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan JL-2 raketalarini o‘z ichiga olishi mumkin edi. Quvvat jihatidan JL-2 Xirosimaga tashlangan bombaning 67 tasiga baravar.

«Endi qurollanish butun Amerika qit’asini qamrab olishga yetadi», — dedi manba.

Ayni paytda Xitoy flotida jami oltita 094 va 094A modifikatsiyadagi suvosti kemalari mavjud. Keyinchalik eskirgan 092 toifali suvosti kemalarining o‘rnini bosadigan yana ikkita raketali suvosti kemasi quriladi.

Kelgusida Xitoy 096 loyihasining suvosti kemalarini yaratishni rejalashtirmoqda. Ular 24 ta JL-3 raketalarini olib yurishi mumkin. Bu esa 094 modifikatsiyasiga qaraganda oltitaga ko‘p.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dahshatli, qurolini, ko‘rsatib qo‘ydi, Xitoy, AQShga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя