Главная » 2020 » Февраль » 17 » Xitoy kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi potensial vaksina sotuvga chiqishini e’lon qildi
23:04

Xitoy kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi potensial vaksina sotuvga chiqishini e’lon qildi


Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi “Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi, deb xabar beradi Reuters.

Dori vositasida sotuvga chiqqach, kompaniya uni klinik sinovdan o‘tkazishni davom ettirishi kerak bo‘ladi.

Xitoy Ilm-fan va texnika vazirligining ma’lum qilishicha, “Favipiravir”ning klinik sinovlarida 70 kishi ishtirok etgan bo‘lib, mazkur dori vositasi “nisbatan aniq samaraga” ega.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ijrochi direktori Sumiya Svaminatan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinalarni insonda sinovdan o‘tkazish to‘rt-besh oydan so‘ng boshlanishini ma'lum qilgandi. Xitoyning AQShdagi elchisi esa koronavirusning harbiy ixtirolarga bog‘liqligini rad etgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,o‘tgan bir sutka davomida Xubey provinsiyasida koronavirus oqibatida 100 kishi vafot etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя