Главная » 2020 » Сентябрь » 28 » Xitoy koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyani boshladi
09:03

Xitoy koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyani boshladi


Xitoyda o‘n minglab odamlar koronavirusga qarshi vaksina qabul qildi, deb yozmoqda «New York Post».

Vaksinaning xavfsizligi va samarasi hali isbotlanmagan. Xitoyliklar ushbu vaksinani iyul oyidan olishni boshlagan.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi a’zosi Chjen Chjunvey XXR vaksinani JSST bilan bamaslahat qo‘llashga kirishganini ta’kidlagan. Uning aytishicha, «yuqori xavf»li kasb egalari, jumladan, tibbiyot xodimlari 22-iyuldan vaksinani qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan.

Chjen Chjunvey klinik sinovlar chog‘i vaksina jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelmaganini qo‘shimcha qilgan.

O‘z navbatida, JSST vaksinadan favqulodda foydalanish bo‘yicha Xitoy «ichki ruxsat» berganini, bunday holatlarga tashkilot aralashmasligini bildirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoy, Koronavirusga qarshi, boshladi, vaksinatsiyani, Ommaviy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя