Главная » 2020 » Июнь » 7 » Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani butun dunyoga tarqatishga va’da berdi
13:21

Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani butun dunyoga tarqatishga va’da berdi


Xitoy hukumati koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilgach uni butun dunyoga tarqatish niyatida. Bu haqda Xitoy ilm-fan va texnika vaziri Van Chjiganga tayanib, “Jenmin Jibao” gazetasi xabar berdi.

“Keyingi bosqichda — Xitoy vaksinasi yaratilib, klinik sinovlardan o‘tkazilib, foydalanishga tayyor bo‘lganida — mamlakat raisi Si Szinpin tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasida e’lon qilgan majburiyatimizni bajaramiz va undan butun dunyo foydalanishi mumkin bo‘ladi”, — deydi Van Chjigan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydagi olimlar kamida besh turdagi vaksina ustida ish olib bormoqda. Ularning ayrimlarini sinovdan o‘tkazish boshlangan. Vazirning ta’kidlashicha, vaksinalarni yaratishda, asosan, uning xavfsizligi, samaradorligi va hammabopligiga e’tibor qaratilmoqda.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri COVID-19’ni davolashda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan Xitoy preparatidan foydalanishga ruxsat bergani xabar berilgan edi. O‘zbekistonda ham koronavirusni davolashda foydalanilayotgan preparat nomi ma'lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshlarida Yaponiya hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda Amerikaning virusga qarshi tajribaviy “Remdesivir” preparatidan foydalanishni ma'qullagan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoy, Koronavirusga qarshi, vaksinani, butun dunyoga, tarqatishga, va’da berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя