Главная » 2020 » Декабрь » 1 » Xitoy "koronavirusning haqiqiy vatani"ni aytdi
15:06

Xitoy "koronavirusning haqiqiy vatani"ni aytdi


Hozirda butun dunyoga tarqalgan koronavirus infeksiyasi Hindistonda o‘tgan yozning boshlarida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Kasallik genezisining ushbu taxmini Xitoy Fanlar akademiyasining bir guruh tadqiqotchilari tomonidan ilgari surilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, haddan tashqari issiq ob-havo tufayli mamlakat aholisi hayvonlar bilan bir o‘zandan suv ichishga majbur, bu esa odamning koronavirus yuqtirishiga olib kelgan. Mutaxassislar ushbu versiya ba’zi ma’lumotlar, ya’ni COVID-19 mutasiyasini hisobga olgan holda filogenetik tahlillar natijasida tasdiqlanganini aytmoqda.

Evropa ilmiy jamoatchiligi ushbu fikrga shubha bilan qarayapti, deb yozadi Daily Mail. Shunday qilib, Glazgo universiteti xitoylik olimlarni tarafkashlikda va Uxan shahrida kasallikning boshlanishini aniq ko‘rsatadigan ko‘plab epidemiologik ma’lumotlarni hisobga olmaganlikda aybladi.

Avvalroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi aholida koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lishi uchun emlash kerakligi, bu hatto koronavirusga chalingan odamlarga ham kerak bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoy, koronavirusning, vatani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя