Главная » 2020 » Февраль » 16 » Xitoy O‘zbekistonga banan yetkazib bermasligi ma’lum qilindi
09:39

Xitoy O‘zbekistonga banan yetkazib bermasligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonga sotiladigan bananlarning deyarli barchasi Ekvadordan keltiriladi. Xitoy hech qachon O‘zbekistonga banan yetkazib bermagan, chunki u mazkur mevani eksport qiladigan mamlakat hisoblanmaydi. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

Yanvar oyi oxirda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga Xitoydan keltiriladigan bananlarda koronavirus infeksiyasi borligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu xabar ayrim savdo nuqtalarida banan narxi keskin tushib ketishiga olib keldi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa davlatlarda yetishtirilgan bananlar ham Xitoyning koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahrida saralanishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Aslida O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan bananlar asosan Rossiyada saralanadi. “Korzinka.uz” supermarketlari tarmog‘i vakillari ham bananlar Sankt-Peterburg orqali Ekvadordan keltirilishini tasdiqladi.

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston shundoq ham banan eng kam iste’mol qilinadigan mamlakatlardan biri hisoblanadi: fuqarolar o‘rtacha yiliga atigi 700 gramm yoki 5 dona banan iste’mol qiladi. Ya’ni, mamlakat aholisining katta qismi umuman bananlarni xarid qilmaydi.

Ma’lumot uchun, koronavirus faqat tirik organizmlar, jumladan, odamlar yoki jonivorlar orqali o‘tishi mumkin. Bananlar hatto Xitoyda yetishtirilgan yoki saralangan bo‘lsa ham, ulardan virus yuqtirishning imkoni yo‘q.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя