Главная » 2017 » Июнь » 26 » Xitoyda 140 dan ortiq kishi yer ko‘chkisi tufayli izsiz yo‘qoldi
18:07

Xitoyda 140 dan ortiq kishi yer ko‘chkisi tufayli izsiz yo‘qoldi


Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida yer ko‘chkisi yuz berdi. Natijada 140 nafardan ortiq kishi izsiz yo‘qoldi.

Voqea Sinmo qishlog‘ida kecha, 24 iyun kuni erta tongda sodir bo‘ldi. 46 ta uy yer va tosh parchalarining ostida qolib ketdi.

Sinxua agentligi esa 100 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

Qutqaruv-qidiruv ishlarida 500 dan ortiq qutqaruvchi ishtirok etdi. Yo‘lning 1,6 km qismi butunlay yopilib qolgan.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin omon qolganlarni topish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni qo‘llashga chaqirdi.

Qutqaruvchilar uyumlar ostidan 3 kishidan iborat oilani chiqazib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yer ko‘chkisiga bir necha haftadan buyon shu hududda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: izsiz yo‘qoldi, Xitoy, tufayli, ortiq kishi, 140 dan, yer ko‘chkisi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя