Главная » 2021 » Май » 19 » Xitoyda 73 qavatli osmono‘par bino tebranib ketdi, odamlar evakuatsiya qilindi (video)
21:13

Xitoyda 73 qavatli osmono‘par bino tebranib ketdi, odamlar evakuatsiya qilindi (video)


Xitoyning Shenchjen shahrida osmono‘par bino to‘satdan tebranib ketdi, deb yozmoqda BBC. Binoda ko‘plab do‘konlar joylashgan bo‘lib, ulardagi minglab xaridorlar zudlik bilan binoni tark etdi.

Hozircha mahalliy hukumat balandligi 300 metr bo‘lgan 73 qavatli SEG Plaza binosida sodir bo‘lgan ushbu voqeaning sababini aniqlay olmadi. Bino taxminan 20 yil avval qurilgan bo‘lib, u yerda elektronika do‘konlari va idoralar joylashgan.

Bino tebranayotgan vaqti hududda zilzila qayd etilmagan.

Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, binoning poydevorida hech qanday yoriqlar yo‘q, tashqi devorlar zarar ko‘rmagan.

BBC’ning qayd etishicha, 2020-yilning may oyida Syuanchjouda (Xitoyning Funszyan provinsiyasidagi shahar okrugi) koronavirus bilan kasallangan deb gumon qilingan bemorlar karantinga olingan mehmonxona qulab tushgan edi. Buning natijasida 29 kishi vafot etgan.

Avvalroq sho‘ng‘uvchilar orasida mashhur bo‘lgan Galapagos orollaridagi Darvin arkasi qoyatoshi qulab tushgani haqida ma’lum qilingandi. Vazirlik bu hodisani eroziya (toshlar va tuproqlarning tashqi omil va suv oqimi natijasida yemirilishi) bilan izohladi.

Hindistonning g‘arbida sodir bo‘lgan siklon natijasida esa eng kamida 21 kishi qurbon bo‘ldi. Yana 96 kishining bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Kuchli shamol daraxtlarni qo‘porib tashladi. Oqibatda elektr energiyasi simlariga zarar yetib, yuz minglab aholi elektr energiyasidan uzilib qoldi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: evakuatsiya, Bino, osmono‘par, (Video), tebranib, Xitoyda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя