Главная » 2020 » Февраль » 11 » Xitoyda koronavirus epidemiyasi qachon tugashi mumkinligi ma'lum qilindi
23:05

Xitoyda koronavirus epidemiyasi qachon tugashi mumkinligi ma'lum qilindi


Xitoylik mutaxassislarning ta'kidlashicha, Xitoyda koronavirus epidemiyasi hali eng yuqori darajasiga chiqmadi. Bu darajaga yetilgach, virusdan kasallanish holatlari tobora kamayib boradi va epidemiya tugaydi.

Mutaxassislarning fikricha, koronavirus epidemiyasi aprelda tugashi kerak. Bu haqda Xitoy hukumatining koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha maslahatchisi Chjun Nanshan ma'lum qildi.

Nanshanning ta'kidlashicha, epidemiya eng yuqori cho‘qqisiga fevral o‘rtasi yoki oxirida chiqadi. Shundan keyin virusdan kasallanish holatlari kamayadi.

“Men epidemiya aprelda tugashiga umid qilmoqdaman. Biroq biz bu virus nima uchun shunchalik yuqumli ekanini bilolmayapmiz. Bu juda katta muammodir”, deb aytgan mutaxassis. 

Uning ta'kidlashicha, ayni vaqtda Xitoyning Guandun va Chjetszyan provinsiyalarida kasallanish darajasi pasayotgani kuzatilmoqda va bu “yaxshi belgidir”. Shu bilan birga Nanshan virus tarqalish o‘chog‘iga aylangan Uxan shahri ma'muriyatini tanqid ostiga olgan. Uning aytishicha, mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ishlarini yaxshi bajarmaganlari uchun javob berishlari kerak.

Shuningdek, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar hisobini olib borish tizimiga o‘zgartirish kiritildi. Endi koronavirus topilgan, biroq kasallik alomatlari bo‘lmagan kishilar kasallanganlar deb hisoblanmaydi. Biroq bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatmalariga zid hisoblanadi, chunki tashkilot kasallik alomatlari bor-yo‘qligidan qat'i nazar, koronavirusga tahlillari ijobiy chiqqanlarni kasallanganlar deb hisoblaydi. 

Xitoy hukumati nima uchun bunday qaror qabul qilganiga tushuntirish bermagan. 


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя