Главная » 2020 » Март » 23 » Xitoyda koronavirus robot yaratildi
20:23

Xitoyda koronavirus robot yaratildi


Xitoyning top universitetlari tadqiqotchilari koronavirus tarqalishida insonlar hayotini saqlab qola oladigan robot yaratdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Robot g‘ildirakli "oyoq" hamda qo‘llardan iborat bo‘lib, u ultratovushlarni hamda bemorning tana a’zolaridagi stetoskop yordamida eshitish mumkin bo‘lgan tovushlarni qabul qila oladi. 

Bunday vazifalarni odatda shifokorlar shaxsan bajaradilar. Ammo kameralar bilan jihozlangan ushbu robot yordamida tibbiy xodimlar bemor bilan bir xonada bo‘lishlari shart emas va hatto boshqa shaharda ham bo‘lishi mumkin.

"Shifokorlar juda jasur. Ammo bu virus juda yuqumli... Biz eng xavfli ishlarni bajarish uchun robotlardan foydalanishimiz mumkin", - dedi robotning bosh dizayneri, Sinxua universiteti professori Chjen Ganti. 

Chjen jamoasida hozircha ikkita robot bor. Ulardan biri Uxandagi Union Hospital shifoxonasida, ikkinchisi esa hamon universitet laboratoriyasida.

Biroq robot unchalik ham arzon turmaydi - tannarxining o‘zi $72 ming. Ixtirochi undan tijoriy foyda ko‘zlamaydi, biroq qaysidir kompaniya uni ko‘p miqdorda ishlab chiqarishidan umidvor.

Koronavirusga qarshi kurash uchun Xitoy hukumati Uxanga o‘n minglab shifokorlarni yuborgan edi. O‘tgan oyda ularning 3 mingdan ortig‘i bu virusni yuqtirib oldi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя