Главная » 2020 » Февраль » 26 » Xitoyda koronavirus sababli millionlab kompaniyalar yopilishi mumkin
21:52

Xitoyda koronavirus sababli millionlab kompaniyalar yopilishi mumkin


Xitoyda millionlab o‘rta va kichik kompaniyalar koronavirus sababli yopilishi mumkin, deb yozmoqda Forbes.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi bizneslar o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lmoqda va kompaniyalar jiddiy yo‘qotishlarga duch kelgan. Banklar esa kreditlarni to‘lash muddati va shartlarini istar-istamas qayta ko‘rib chiqmoqda.

Xitoy kompaniyalarining uchdan bir qismida bir oylik faoliyatini ta‘minlash uchun, boshqa uchdan bir qismida esa ikki oyga yetarli mablag‘ qolgan. Bu haqda Bloomberg tomonidan fevral oyida Xitoydagi biznes bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, millionlab korxonalar oyliklarni hisoblash va qarzlarni o‘z muddatida to‘lash uchun jiddiy harakatlar qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, Xitoy iqtisodiyotining 60 foizi va mamlakatdagi ish o‘rinlarining 80 foizi xususiy biznes hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bloomberg bir oydan ortiq vaqt davomida 100 ta saloni yopilgan, 10 ming kishi ishlaydigan yirik avtodilerni bunga misol qilib ko‘rsatgan. Tarmoq direktori Brigitta kompaniyaning zahira mablag‘larini tugayotgani, banklar milliardlab yuan qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirishga bermayotganini aytgan.

Xitoy hukumati biznes uchun kredit olishni soddalashtirish choralarini ko‘rgan: asosiy stavkani pasaytirgan va banklarga kredit berishni ko‘paytirishni va kompaniyalar uchun ularni olish mezonlarini yumshatishni buyurgan. Ammo ayrim korxonalar zarur moliyaviy mablag‘larni ololmaganini aytmoqda.

Xitoyning eng yirik kredit beruvchi sanoat va tijorat banki Xitoyning biznesiga yordam berish uchun 5,4 milliard yuan (770 million dollar) ajratgan.

Avvalroq Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus tufayli mamlakat hududidagi zavodlar va do‘konlar epidemiya oqibatida yopib qo‘yilgani, bu butun dunyoda 5 milliondan ortiq kompaniyalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani xabar berilgan edi.  Fitch xalqaro reyting agentligi koronavirusning tarqalishi Xitoyda avtomobil sotish hajmining pasayishiga va butun dunyo bo‘ylab avtomobillar yetkazib berish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Hozirda Xitoydagi asosiy sanoat tarmoqlari bo‘yicha korxonalar koronavirus tarqalishi sharoitida ishlab chiqarishni davom ettirishni boshladi, biroq hali ham ularning ishini qiyinlashtiruvchi muammolar mavjud. Virus tufayli Xitoyning 300 ta kompaniyasi 8,2 milliard AQSh dollari miqdorida qarz olishni rejalashtirmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя