Главная » 2020 » Апрель » 11 » Xitoyda koronavirusdan davolanish qancha turadi?
18:26

Xitoyda koronavirusdan davolanish qancha turadi?


Xitoyda bir nafar bemorni koronavirus infeksiyasidan davolash uchun 21,5 ming yuan (taxminan 3,07 ming dollar), bemor og‘ir bo‘lsa 150 ming yuan (taxminan 21,4 ming dollar) talab qilinadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi tibbiy sug‘urtasi davlat boshqarmasi vakili Syun Syanszyun xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim holatlarda o‘ta og‘ir bemorlarni davolash uchun 1 million yuandan (142 ming dollar) ko‘proq pul talab qilinishi ham mumkin.

11 aprel holatiga ko‘ra, Xitoydagi COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarning umumiy soni 81 900 ming nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirusdan 3 300 dan ortiq odam vafot etdi, 77 500 mingdan ortiq bemor davolandi.

Avvalroq, AQSHda bir kishini koronavirusdan davolash 75 ming dollarga tushishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Qo‘shma Shtatlarda sug‘urtasiz odamlar uchun COVID-19 dan shifoxonada olti kunlik davolanish 73,3 ming dollarga, sug‘urtalanganlar uchun 38 ming dollarga tushadi.


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: Xitoyda, Koronavirus, qancha turadi, davolanish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя