Главная » 2020 » Февраль » 28 » Xitoyda koronavirusdan o‘lgan ilk marhum bo‘yicha patologoanatom xulosasi e’lon qilindi
23:45

Xitoyda koronavirusdan o‘lgan ilk marhum bo‘yicha patologoanatom xulosasi e’lon qilindi


Xitoyda nCovid-2019 koronavirusidan vafot etgan birinchi bemor jasadining patologik tekshiruv natijalari e’lon qilindi.

Xitoylik mutaxassislarning hisoboti "Journal of Forensic Medicine" jurnalida e'lon qilindi.

Yanvar oyida takroran miya infarkti bilan kasalxonaga yotqizilgan 85 yoshli erkak infeksiyadan vafot etgan birinchi odam bo‘ldi. Dastlab unda koronavirus alomatlari ko‘rinmadi, ammo davolanishning 10-kunida u tomoq og‘rig‘i va isitma bilan bezovtalikni keltirib chiqardi.

Kompyuter tomografiyasi bemorning o‘pkasida yuqumli o‘choqlarning mavjudligini aniqladi. Uch kundan keyin unda nCovid-2019 borligi tasdiqlandi va kasalxonaga yotqizilgan kunning 28-kunida koronavirusdan vafot etdi.

Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, virus nafas olish yo‘llari va o‘pka alveolalarining chuqur qismlari yemiriladi. Bundan tashqari, patologik jarayoni noodatiy pnevmoniya (SARS)ga juda o‘xshash.

SARS bilan solishtirganda, nCovid-2019 ning o‘pka ichidagi siqilish bosimi va fibroz SARS kabi unchalik jiddiy emas, ammo SARSga qaraganda ekssudativ reaksiya ko‘proq sezildi, deyiladi hisobotda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, virusning boshqa ichki organlarga yuqib yemirilishini aniqlash hozircha mumkin emas. Bu qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.

Xitoyda koronavirus infeksiyasining tarqalishi o‘tgan yilning oxirida ma’lum bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tasdiqlangan holatlar soni 78 824 ga yetdi. Qurbonlar soni 2700 kishidan oshdi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя