Главная » 2020 » Март » 31 » Xitoyda koronavirusga chalinganlarning qariyb 92 foizi tuzalib ketdi
19:53

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning qariyb 92 foizi tuzalib ketdi


Xitoyda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning 92 foizga yaqini tuzalib ketdi va bu raqam keyingi haftalarda oshib bormoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Tarik Yazarevich ma'lum qildi.

"Xitoyda kasallikka chalingan 81 ming kishining 74 mingdan ziyodi yoki 92 foizi tuzaldi va kasalxonadan chiqarildi. Ularning soni keyingi haftalarda oshib bormoqda", - dedi u.

Yazarevich JSST tavsiyasiga ko‘ra, kasalxonadan uyiga javob berilayotgan shaxs kamida 24 soatlik farq bilan virusga ikki marta test topshirishi va testlar salbiy chiqishi kerakligini eslatib o‘tdi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя