Главная » 2020 » Февраль » 6 » Xitoyda koronavirusga qarshi dori topildi
20:01

Xitoyda koronavirusga qarshi dori topildi


Uxandagi virusologiya Instituti olimlari “2019-nCoV” koronavirusiga qarshi kurasha oladigan preparat nomini e’lon qilishdi. Bezgak va avtoimmun xastaliklarini davolashda qo‘llaniladigan bu dori xloroxin deb ataladi. Mazkur preparat hujayralar tarkibidagi kislota miqdorini o‘zgartirib, atipik pnevmoniya virusi resyeptorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari dori vositasi immun tizimini kuchaytirish hisobiga organizmning viruslarga qarshi kurashish qobiliyatini ham oshiradi.

Tadqiqotchilar preparatning xavfsiz va arzon ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tishgan. Xloroxin butun organizmga tarqalib, zudlik bilan o‘pkaga yetib boradi va kasallikni davolaydi. Olimlar 70 yil davomida bezgakka qarshi eng yaxshi vosita bo‘lib kelgan bu dori vositasini koronavirusni bartaraf etishda ham sinab ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha koronavirusga qarshi topilgan barcha preparatlar tirik organizmlarda sinab ko‘rilmadi. Shu bois mazkur dori vositasining samaradorligini isbotlash uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя