Главная » 2020 » Февраль » 16 » Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda
10:47

Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda


Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi biologik markazi direktori Chjan Sinmin ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Uning aytishicha, mahalliy olimlar hozirda turli vaksinalarni o‘rganmoqda. Ulardan ayrimlari hayvonlarda sinab ko‘rilmoqda.

Sinminga ko‘ra, Xitoyda yaratilgan kompyuter modeli yordamida 100 mingdan ortiq dori preparatlaridan yuzga yaqini tanlab olingan va ular hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Uxan shahrining o‘ziga bevosita 20 374 nafar tibbiyot xodimi yo‘naltirilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xubey provinsiyasida bir sutka davomida yangi turdagi COVID-10 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 2420 kishiga ortgan bo‘lib, provinsiyada kasallikka chalinganlarning jami soni 54 406 kishiga yetgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя