Главная » 2021 » Январь » 19 » Xitoyda koronavirusning yangi o‘choqlari paydo bo‘ldi
11:42

Xitoyda koronavirusning yangi o‘choqlari paydo bo‘ldi


Xitoyda kecha, 18-yanvar sanasida COVID-19 koronavirusini yuqtirish bo‘yicha 118 ta yangi holat qayd etildi, kasallanishlarning 106 tasi mamlakat ichkarisida kuzatilgan. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga asoslanib «Interfax» xabar berdi.

Kecha koronavirus oqibatida o‘lim holatlari qayd etilmagan.

O‘tgan yakshanba kuni mamlakatda 109 kishida koronavirus topilgandi.

Xitoyning shimoli-sharqidagi Szilin viloyati dushanba kuni koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylandi — shu kuni 43 nafar, bir kun avval 30 nafar yangi kovid-bemor aniqlandi.

Bungacha og‘irroq vaziyat mamlakat sharqidagi Xebey viloyatida yuzaga kelgandi. Kecha bu yerda 35 ta kovid-holat ro‘yxatga olindi. Pekin shahri Xebey hududida joylashgani bois ushbu viloyat tumanlarida yashovchilarga poytaxtga kirish taqiqlab qo‘yilgan.

Koronavirus pandemiyasi davrida Xitoyda jami 88 454 ta holat qayd etilgan, vafot etganlar — 4 635, sog‘ayganlar — 82,4 ming nafardan ziyod.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoyda, o‘choqlari, koronavirusning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя