Главная » 2020 » Август » 12 » Xitoyda kutilmagan joylardan koronavirus chiqib kelyapti
21:09

Xitoyda kutilmagan joylardan koronavirus chiqib kelyapti


Xitoy sharqidagi Anxoy provinsiyasida yana koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb yozadi «Reuters».

Virus Ekvadordan import qilingan mahsulotlar partiyasi bilan kelgan qisqichbaqalar qadog‘ida bo‘lgan. Uxu shahridagi restoranlardan biri xarid qilgan mahsulot haqida ketyapti. Infeksiya mahalliy hokimiyat inspeksiya o‘tkazayotgan vaqtda aniqlangan. Muassasaning ta’kidlashicha, qadoq shu paytgacha sovitkichda bo‘lgan. Qisqichbaqaning yonida saqlangan mahsulotlar esa tekshiruvga yuborilgan.

«Reuters»ning ma’lum qilishicha, bir kun oldin sharqiy Shandun provinsiyasida import qilingan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘ida ham koronavirus chiqqan. Mahsulot qayerdan olib kelingani ochiqlanmagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: chiqib kelyapti, Xitoyda, Koronavirus, kutilmagan joylardan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя