Главная » 2020 » Апрель » 28 » Xitoyda maktablar ochila boshladi
13:49

Xitoyda maktablar ochila boshladi


Xitoyning megapolislarida o‘rta va o‘rta-maxsus maktablar ochila boshladi. Ta’kidlanishicha, epidemiologik vaziyatning yumshagani bunga to‘liq imkon beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy shaharlaridagi o‘rta maktab o‘quvchilari koronavirus chekingandan so‘ng o‘qishga qaytishmoqda. Masalan, Shanxaydagi o‘rta va o‘rta-maxsus maktab o‘quvchilari maktabga o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab yuborishgan. Pekinda esa kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalarga darslarni davom ettirishga ruxsat beriladi.

Kasallik markazi bo‘lgan Uxan shahrida o‘rta maktablar joriy yilning 6 may kuni ochilishi kerak. Xitoyning boshqa, kasallik kam tarqalgan qismlarida maktablar bir necha hafta oldin ochila boshlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq 82 836 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 77 555 nafari sog‘aygan, 4 633 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 648 kishini tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: maktablar, Xitoyda, ochila boshladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя