Главная » 2020 » Февраль » 21 » Xitoyda qamoqxonadagilar ommaviy koronavirusga chalindi
12:04

Xitoyda qamoqxonadagilar ommaviy koronavirusga chalindi


Xitoyning sharqidagi Shandong provinsiyasida joylashgan "Jenchen" qamoqxonasida koronavirusga ommaviy chalinish holati qayd etildi. 20 fevral holatiga ko‘ra, ushbu virusni 200 mahbus va 7 nafar xavfsizlik xodimi yuqtirgan. Bu haqida provinsiya hukumati xabar bermoqda.

"Koronavirus infeksiyasining tarqalishi Shandun provinsiyasining Szinin okrugidagi "Jenchen" qamoqxonasida sodir bo‘ldi. 20 fevralga kelib, muassasada 207 ta koronavirusga chalinish holati qayd etildi”, deyiladi rasmiylar bayonotida.

Qamoqxonada jami 2077 kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan va 200 mahbus va 7 xodimda virus aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ular izolatsiya qilingan va davolanishga jo‘natilgan. 

Provinsiya hukumatining ma’lum qilishicha, fevral boshida ayrim xavfsizlik xodimlarida yo‘tal holatlari kuzatilgan. 12 fevralda qattiq yo‘taldan bir xodim karantinga olingan, 13 fevralda olingan tashxisda u virus yuqtirgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng, qamoqxona ma’murlari va viloyat hokimiyati darhol "Jenchen" qamoqxonasida kasallik tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rdi, ammo juda kech edi. Hodisa sabab Jiye Veyjun provinsiya adliya boshqarmasi boshlig‘i Sze Veyszyun egallab turgan lavozimidan chetlatilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя