Главная » 2020 » Август » 10 » Xitoyda yangi yuqumli kasallik tarqalyapti
19:44

Xitoyda yangi yuqumli kasallik tarqalyapti


Xitoyda yangi SFTS virusi avj tarqalyapti. U kanalar orqali yuqadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusni yuqtirib olgan 60 kishidan yetti nafari qurbon bo'lgan.

Dastlab infeksiya Szyansu provinsiyasida joriy yilning birinchi yarmida 37kishida aniqlangan, keyinchalik virus Anxoy provinsiyasi 23 kishida ham qayd etilgan.

Infeksiyani yuqtirgan bemorlardan birining aytishicha, kasallik yo‘tal, issiq ko‘tarilishi, shuningdek, qonda leykotsitlar va trombotsitlar darajasi kabi belgilar bilan kuzatiladi.

SFTS ilk marotaba 2011 yilda qayd etilgan. Virus kanadan odamga, infeksiyalangan odamdan boshqa odamga – qon va shilliq parda orqali yuqadi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, virusni tarqatuvchi asosiy manba kana hisoblanadi. shuning uchun barcha ehtiyot choralari ko‘rilsa, xavotirga zarurat qolmaydi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yuqumli kasallik, tarqalyapti, Yangi, Xitoyda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя