Главная » 2020 » Июль » 12 » Xitoydan AQShga qochgan virusolog koronavirus to‘g‘risidagi haqiqatni oshkor etdi
09:59

Xitoydan AQShga qochgan virusolog koronavirus to‘g‘risidagi haqiqatni oshkor etdi


AQShga qochgan gonkonglik virusolog, doktor Li-Men Yan «Fox News»ga bergan intervyusida Xitoy hukumati koronavirusning xavf-xatarlari to‘g‘risidagi haqiqatni yashirganligini so'zlab berdi.

Ayolning ta’kidlashicha, u ham «g‘oyib bo‘lgan» informatorlar sirasiga tushib qolishi hech gap emas. Xitoy hukumati yangi koronavirus haqida e’lon qilishidan ancha oldin bilgan.

2019-yilda Yan yangi koronavirusni o‘rganish bilan shug‘ullangan dunyodagi eng birinchi olimlardan biri bo‘lgan. Virusolog Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti referent laboratoriyasida ilmiy rahbar, doktor Leo Pundan SARS (atipik pnevmoniya)ga o‘xshash kasallikni o‘rganish topshirig‘ini olgan.

Uning do‘sti, kasallikarni nazorat qilish va profilaktika markazi olimi 31-dekabrda Xitoy hukumati va JSST tan olishidan ancha oldin virus odamdan odamga yuqishi mumkinligini unga ma’lum qilgan.

Yanning so‘zlariga ko‘ra, rahbarlari o‘tkazilgan tadqiqotlarni inkor etishmoqda. JSST referent laboratoriyasi professori Malik Peyris vaziyatdan boxabar bo‘lgan, lekin hech qanday chora ko‘rmagan.

Boshida virusni ochiqchasiga muhokama qilayotgan shifokor va tadqiqotchilar birdan jim bo‘lib qolishdi. «Shifokorlar dabdurustdan: «Bu haqda gapirolmaymiz, lekin niqob taqishimiz kerak», deb qolishdi», — deya so‘zlab berdi ayol.

Bundan tashqari, virusolog faoliyat ko‘rsatgan Gonkong universiteti saytdagi sobiq xodimining sahifasi o‘chirib tashlangan.

Xitoyning AQShdagi elchixonasi «Fox News»ga Yan haqida hech nima bilmasligini ma’lum qilgan: «Biz bu ayol haqida hech qachon hech nima eshitmaganmiz. Epidemiya boshlangan zahoti Xitoy hukumati COVID-19 tarqalishiga qarshi tez va samarali chora ko‘rgan», — deyiladi elchixonaning elektron maktubida.

«Fox News»ning ta’kidlashicha, JSST vakillari ma’lumotni yashirganlik aybini inkor etishmoqda. Ularning aytishicha, Yan, Pun va Peyris bevosita ushbu tashkilotda hech qachon ishlashmagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: to‘g‘risidagi, haqiqatni oshkor etdi, qochgan, Koronavirus, virusolog, AQShga, Xitoydan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя