Главная » 2020 » Февраль » 17 » Xitoydan Markaziy Osiyoga yuk poyezdi jo‘natildi. Unda nimalar bor?
21:26

Xitoydan Markaziy Osiyoga yuk poyezdi jo‘natildi. Unda nimalar bor?


Koronavirus epidemiyasi avj olganidan so‘ng birinchi marotaba eksport tovarlari ortilgan yuk poyezdi Xitoyning sharqiy qismi – Szinxua shahridan Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo‘l oldi. Bu haqda mahalliy agentlik “Sinxua” xabar bermoqda. 

Nashr axborotiga ko‘ra, poyezd 14 fevral kuni Iu shahri (Chjetszyan provinsiyasi) va Ispaniya poytaxti Madridni bog‘lab turuvchi Iu — Sinszyan — Yevropa marshruti bo‘yicha yo‘lga chiqqan.

Yuk poyezdi asbob-uskunalar, tekstil mollari va avtomobil ehtiyot qismlari ortilgan 82 ta konteynerdan iborat.

Tovarlar Sinszyan-Uyg‘ur avtonom hududidagi "Xorgos" nazorat-o‘tkazuv punktidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga yuborilgan.

Poyezd ko‘zlangan manzilga bir haftadan so‘ng yetib kelishi kutilmoqda.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.

Bugungacha virusdan halok bo‘lganlar 1775 nafarga, u bilan kasallanganlar 71 334 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя