Главная » 2021 » Июль » 20 » Xitoylik ayol sobiq sevgilisidan qasd olishning o‘ziga xos yo‘lini topdi: u erkakning mashinasida 49 marta qizil chiroqda o‘tib ketdi
18:04

Xitoylik ayol sobiq sevgilisidan qasd olishning o‘ziga xos yo‘lini topdi: u erkakning mashinasida 49 marta qizil chiroqda o‘tib ketdi


Xitoyning Chjeszyan provinsiyasida Audi avotmobili ikki kun ichida 49 marotaba svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketdi. Aniqlanishicha, mashina egasi bundan bexabar bo‘lgan — u o‘z avtomobilini tanishiga berib turgan. Va aslida uning tanishidan avtomobilni sobiq sevgilisi so‘raganini, bu orqali u o‘zini tashlab ketgan yigitdan qasd olmoqchi bo‘lganini bilmagan, deb xabar beradi Motor.

Chjeszyan provinsiyasi yo‘llaridagi kameralar 49 marotaba svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketgan va bir marta shahar ichida tezlikni jiddiy oshirgan Audi’ni qayd etdi. Politsiya avtomobil egasini qo‘lga olgan, biroq tergov davomida uning mazkur qoidabuzarliklarga aloqasi yo‘qligi aniqlangan — bunga erkakning sobiq sevgilisi va uning sherigi aybdor bo‘lib chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, Lu ismli ayol Audi egasi Chen uni tashlab ketganidan xafa bo‘lgan. Qasd olish maqsadida u o‘zaro tanishidan Chenning avtomobilini bir necha kunga olib turishni so‘ragan. Hech nimadan xabari bo‘lmagan erkak mashinani bergan va oqibatda Lu Audi’ni tanishiga — Chju ismli yigitga topshirgan.

Keyinroq uning politsiyaga aytishicha, yigit Luni anchadan buyon yaxshi ko‘rib yurgan va uning uchun hamma narsani qilishga tayyor bo‘lgan. Ayol Audi’ni Chjuga berib, unga yo‘llarda qoida buzishini so‘ragan. Politsiya hozircha ushbu sxema ishtirokchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Toshkent viloyatida o‘n oy mobaynida 36 marotaba tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi salkam 35,5 million so‘m jarimaga tortilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qasd, Qizil, Xitoylik, chiroqda, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя