Главная » 2020 » Март » 3 » Xitoylik hamshira koronavirusga qarshi kurashida mukofot sifatida davlatdan er topib berishni so‘radi
20:46

Xitoylik hamshira koronavirusga qarshi kurashida mukofot sifatida davlatdan er topib berishni so‘radi


Xitoylik yolg‘iz hamshira koronavirusga qarshi kurashi uchun mukofot sifatida mamlakat rahbariyatidan o‘ziga yigit topib berishni so‘ramoqda. Bu haqda Unilad xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli hamshira Tian Fangfang Xitoyning Uxan shahridagi koronavirusga chalinganlarni davolash uchun vaqtinchalik kasalxonaga ishlash uchun kelgan.

25-fevral kuni Fangfang Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida himoya kiyimida, qo‘lida qog‘oz ushlab tushgan suratini joylagan. Unda koronavirus epidemiyasi tugashi bilan qilgan xizmatlari uchun mukofot sifatida davlatdan o‘ziga er topib berishni so‘ragan.

Hamshiraning tarmoqda joylagan posti tarqab ketgan va u juft qidirayotgani haqida butun mamlakat xabardorligini bilganida hayron qolganini aytgan. Qiz bo‘yi 170 santimetr bo‘lgani uchun o‘ziga o‘xshagan baland bo‘yli yigit xohlashini bildirgan.

Fangfang sevgilisini kelajak uchun qidirayotganini, hozir esa bor e’tiborini o‘z ishini yaxshi bajarish va koronavirusga qarshi kurashishga qaratganini ta’kidlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 151 kishiga yetgan. Virus oqibatida 31 kishi vafot etgan bo‘lib, ularning barchasi virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan. Shu kungacha vafot etganlar soni 2943 kishini tashkil etmoqda. So‘nggi bir sutka ichida 2742 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Kasallik Xitoydan tashqari yana 64 ta davlatda tarqalgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя