Главная » 2020 » Март » 29 » Xitoylik mutaxassislarning birinchi guruhi 30 mart kuni kelishi kutilyapti
18:34

Xitoylik mutaxassislarning birinchi guruhi 30 mart kuni kelishi kutilyapti


Xitoylik bir guruh shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun 30 mart kuni O‘zbekistonga kelishi kutilyapti. Keyinroq ularning safiga yana 15 nafar xitoylik tibbiyot xodimi qo‘shilishi mumkin.

Bu haqda Kun.uz`ga O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ma'lum qildi.

«Elchixonaning murojaatiga javoban, Xitoy Xalq Respublikasi yetakchi shifokorlari guruhi joriy yil 30 mart kuni o‘zbek hamkasblariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga uchib borishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yaqinda 15 kishidan iborat xitoylik shifokorlarning yana bir guruhini O‘zbekistonga yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda», – deyiladi elchixona axborotida.

Ma'lumot uchun, prezident Shavkat Mirziyoyev xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq bergan.

Avvalroq O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov turli gap-so‘zlarga javoban: «xitoylik mutaxassislardan xavfsirash emas, ularning tajribasidan foydalanish kerak», deb ta'kidlagandi.

«Xitoy davlati o‘zi yordam beraman deb turgan paytda, oldi-qochdi gaplarga ishonib, undan voz kechish juda katta xato bo‘lardi», – degandi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 11 nafari tibbiyot xodimlari ekani ma'lum bo'ldi. Shundan keyin bu raqam kamida bittaga ortdi: Namanganda hamshira virusni yuqtirib oldi.

Respublikada koronavirusga qarshi kurashga 100 mingga yaqin tibbiyot xodimlari safarbar etilgan, soha vakillari yuqori maoshli ishga taklif qilinmoqda.

Shuningdek, o‘nga yaqin maxsus karantin majmualari qurilyapti. Ulardan birinchisi Toshkent viloyatida 4 kun ichida foydalanishga topshirildi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя