Главная » 2020 » Февраль » 23 » Xitoylik olimlar koronavirus kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan ikki kun avval yuqishi mumkinligini aniqladi
22:12

Xitoylik olimlar koronavirus kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan ikki kun avval yuqishi mumkinligini aniqladi


Koronavirus uning alomatlari paydo bo‘lishidan ikki kun avval yuqishi mumkin. Shu sababli Xitoy rasmiylari “bemor bilan yaqin aloqa” tushunchasiga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda mamlakat kasalliklar ustidan nazorat favqulodda markazi ilmiy xodimi Syan Niszyuan ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Rasmiylar mazkur tushunchaga bemor bilan kasallik alomatlari paydo bo‘lganidan ikki kun avval aloqada bo‘lgan kishilarni ham kiritdi.

“Bemorlarda kasallik alomatlari yuzaga chiqishidan ikki kun avval virus yuqadi, shu sababli ‘yaqin aloqa’ tushunchasiga o‘zgartirish kiritdik. Oldin biz kasallikka chalinganlar bilan aloqada bo‘lganlarni nazoratga olardik. Endi bemorlar bilan bu holat ko‘zga tashlanganidan ikki kun oldin muomalaga kirishganlarni ham tibbiy kuzatuvga olishimiz kerak”, — dedi Syan Niszyuan.

Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 23-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 724 nafar odam koronavirusga chalingan, ularning 2,4 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя