Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Xitoylik Qiz oshiqlari sovg‘a qilgan ayfonlarni sotib, o‘rniga uy oldi
11:47

Xitoylik Qiz oshiqlari sovg‘a qilgan ayfonlarni sotib, o‘rniga uy oldi


Xitoyning janubiy qismida yashovchi Ksyaoli taxallusli qiz baxt ayfonning yangiligida emas, balki uning sonida ekanligini isbotladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Qiz bir emas, yigirmata oshig‘idan iPhone 7 hadya etishni iltimos qilgan. Barcha ayfonlarni qo‘lga kiritgach, ularni 17 ming dollarga sotib, puliga kichikroq uy sotib olgan. Xitoyda ayfonlarning so‘nggi rusumi AQSh va Rossiyadagidan ko‘ra qimmat turadi. Qiz pulni mamlakatning janubiy qismidagi qishloqlardan birida qurilayotgan uyning boshlang‘ich badali uchun to‘lagan. Tadbirkor qizning haqiqiy ismi-sharifi hozircha oshkor etilmagan. Jurnalistlar uning qishloq joyda yashashini aniqlashdi. Qiz yangi uyda ota-onasi bilan yashashni rejalashtirgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: iPhone, Oshiqlar, Xitoylik qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя