Главная » 2020 » Апрель » 21 » Xitoylik shifokorlar koronavirusdan qorayib ketishdi
10:25

Xitoylik shifokorlar koronavirusdan qorayib ketishdi


Koronavirus tufayli halok bo‘lishiga oz qolgan xitoylik shifokorlar terisi qorayib ketganini payqab qolishgan. Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.

Yu Fan va Xu Veyfeng ismli shifokorlar joriy yil yanvar oyida Uxan markaziy shifoxonasida bemorlarni davolayotganda virusni yuqtirib olishgan. Ekstrakorporal membranali oksigenatsiya (EKMO) usuli bilan davolangach, kasallikni yengib, hushiga kelishgan.

Koronavirus organizmga tarqalgach, jigar zararlangan. Buning natijasida kelib chiqqan gormonal disbalans shifokorlarning terisi notabiiy tusga kirishiga sabab bo‘lgan, deya ma’lum qilishdi klinikadagi tibbiyot xodimlari.

«Ilk bor o‘zimga kelib, ahvolimdan boxabar bo‘lganimda qo‘rqib ketdim. Ko‘p dahshatli tush ko‘rdim», — dedi shifokorlardan biri.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qorayib ketishdi, koronavirusdan, Shifokorlar, Xitoylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя