Главная » 2020 » Март » 16 » Xitoylik shifokorlar O‘zbekistonga yordamga keladi
22:43

Xitoylik shifokorlar O‘zbekistonga yordamga keladi


Bir guruh xitoylik shifokorlar mamlakatning koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga keladi. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda mahalliy tajriba bilan tanishish uchun o‘z shifokorlarini Italiyaga yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Fransiyadan qaytgan O‘zbekiston fuqarosi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti laboratoriyasida koronavirus aniqlandi. Keyinchalik, Sog‘liqni saqlash vazirligi, kasallangan ayolning o‘g‘li va qizida ham koronavirus aniqlanganligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, 15 mart kuni Turkiyadan qaytib kelgan bir o‘zbekistonlikda ham koronavirus aniqlandi.
 

Bugun, 16 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganar soni 8 nafarga yetgan.

O‘zbekiston barcha mamlakatlar bilan havo, temir yo‘l va temir yo‘l aloqalarini vaqtincha to'xtatdi. Chet elda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini yetkazib beradigan charter reyslari bundan mustasno.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 174 602 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 6 685 kishi vafot etgan. Bemorlardan 5 955  nafari yoki 7 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 77 867 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя