Главная » 2020 » Апрель » 2 » Xitoyliklar yana ko‘rshapalaklarni iste’mol qilishni boshladi
16:48

Xitoyliklar yana ko‘rshapalaklarni iste’mol qilishni boshladi


Xitoy aholisi koronavirus epidemiyasi ortda qolganidan keyin ko‘rshapalaklarni iste’mol qilishga qaytdilar, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Xitoy bozorlarida xalq tabobati vositasi sifatida chayon bilan birga ko‘rshapalaklar sotilishi boshlab yuborilgan.

Nashr muxbiri shaxsan Guylindagi odam gavjum bozorda bo‘lgan. Bu yerdagi vaziyat unga epidemiyadan oldingi holatni eslatgan. Uy hayvonlarining zang bosgan qafaslarda saqlanishini, yerda esa qonga belangan hayvon tanalari sochilib yotganini ko‘rish mumkin.

Bozorda “kun taomi“ avvalgidek kuchuk va mushuk go‘shti. Xitoy janubidagi Dunguanda ham shunday bozor ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil oxirida Uxanda yangi turdagi koronavirus epidemiyasi boshlangan edi. Keyinchalik Xitoy olimlari odamga infeksiya ko‘rshapalakdan yuqtirilganini aniqlashdi. Ular Uxan go‘sht bozorida sotilgan. Mutaxassislar aynan ko‘rshapalaklardan insonlarga o‘ta xavfli bo‘lgan o‘ndan ortiq o‘lim virusini tashuvchisi yuqtirilgan, deb hisoblaydilar.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя