Главная » 2020 » Март » 26 » Xitoyning Changan kompaniyasi o‘z avtomobillarini koronavirusdan himoya qiladi
23:07

Xitoyning Changan kompaniyasi o‘z avtomobillarini koronavirusdan himoya qiladi


Xitoyning Changan kompaniyasi o‘z avtomobillarini bakteriyalarni tutib qolishga mo‘ljallangan yangi filtr tizimi bilan jihozlash niyatida. Shu orqali kompaniya koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga o‘z hissasini qo‘shmoqchi, deb yozadi Autonews.

Muhandislar salondagi havoni 97,7 foizga filtrlab, bakteriyalarni tutib qolishga mo‘ljallangan avtomobil havo filtrini yaratdi. Tizim Xitoy markaziy avtomobil tadqiqotlari markazining CATARC CN95 sertifikatini ham olishga ulgurgan.

Changan’ning yangi antibakterial havo filtri 0,1 mirkometr o‘lchamdagi (0,001 millimetr) zarralarni tutib qolishga qodir. Ta’kidlanishicha, koronavirus zarralarining o‘lchami taxminan 0,06-0,14 mikrometrga teng.



Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu tizim avtomobil harakatga keltirilmagan vaqtda ham avtomatik ravishda havoni tozalashga qodir. Yangi antibakterial filtrlar bilan transport vositalarini mart oyining oxiriga qadar jihozlash rejalashtirilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя